Mehnat migrantlari uchun eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Decoding Global Talent Report 2024 hisobotiga ko‘ra, sayyoramizdagi har to‘rtinchi professional kasb egasi yoki 800 mln nafargacha mutaxassis o‘ziga chet eldan faol ish qidirmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Iqtisodiy va geosiyosiy muammolarga qaramasdan, chet elda ishlash orzusidagilar ulushi tinmay oshib boryapti. Bunga sabablar qatorida iqtisodiy imkoniyatlar, karera qilish va yanada yaxshiroq yashash istagi kabi omillar ko‘rsatilgan.
Qolaversa, xalqaro kompaniyalar rahbarlarining aksariyati (92 foiz) o‘zlari uchun uchta muhim istiqbolli yo‘nalishdan biri sifatida iste’dodlarni jalb qilish va doimiy ishlatishni ko‘rsatishgan.
Iste’dodli mutaxassislar uchun top-10 shahar
Reytingda kuchli uchlikni London, Amsterdam va Dubay band etdi.
Bu shaharlarning asosiy afzalliklari — yaxshi ish haqi, rivojlangan transport tarmog‘i. Shuningdek, madaniyatlar xilma-xilligi qadrlanadi.
London 2014-yildan buyon migrantlar uchun «birinchi raqamli shahar» maqomini saqlab turibdi. Respondentlarning 9 foizi Buyuk Britaniya poytaxtiga ishlash uchun ko‘chib borishga tayyorliklarini bildirishgan.
Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni quyidagi megapolislar egalladi (4–10-o‘rinlar): Abu-Dabi, Nyu-York, Berlin, Singapur, Barselona, Tokio, Sidney.
E’tiborli jihati, Sharqiy Osiyodagi eng yaxshi yo‘nalish — Singapur xorijlik mutaxassislarni aynan orol-mamlakat bo‘lgani uchun ko‘proq jalb qilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter