Venetsiyada halokat: qurbonlar ko‘p, ba’zilari tiriklayin yonib ketgan
Venetsiyaning Mestre shahrida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus yo‘l o‘tkazgichdan qulab tushdi. Kamida 21 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohatlandi, bedarak yo‘qolganlar bor.
Mahalliy prefekturaning qayd etishicha, avtobus temir yo‘l vokzali yaqinida 10 metr balandlikdan elektr simlariga qulagan va yonib ketgan.
Messaggero gazetasining yozishicha, 20 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Avvaliga avtobus panjarani buzib o‘tib, 10 metr balandlikdan elektr uzatish liniyasiga tegib, yerga urilgan va bir zumda yonib ketgan. Avtobus metanda yurganligi sababli, ba’zi odamlar tiriklayin yonib ketishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter