Buyuk Britaniyalik 21 yashar o‘qituvchi qiz Atlantika okeanini yakka kesib o‘tdi
Buyuk Britaniyalik 21 yoshli Jasmin Xarrison Atlantika okeanini qayiqda yakka suzib o‘tgan eng yosh ayol bo‘ldi, deb yozadi The Guardian.
Ma’lumotlarga ko‘ra, y o‘qituvchi va shuningdek, barmen sifatida ishlaydi, sayohatni 2020-yil dekabrida Kanar orollaridan (La Gomera oroli) boshlagan. Uning Karib dengizidagi Antigua oroliga etib borishi uchun 70 kun, uch soat va 48 daqiqa vaqt ketgan.
Xarrissonning aytishicha, u qayiqda 4828 km (3000 mil) masofani suzib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohatdan «yaxshi va yomon xotiralar» qoladi.
Ta’kidlanishicha, o‘qituvchi yo‘lda bir qator muammolarga duch kelgan. Uning qayig‘i fevral oyi boshida ag‘darilib ketgan. Ikki kun oldin ham bu yana takror sodir bo‘lib, natijada qiz tirsagidan jarohat olgan, deb yozadi gazeta.
Shu vaqtga qadar Atlantika okeanidan yolg‘iz suzib o‘tgan eng yosh ayol amerikalik Keti Spots edi. U buni 2010-yilda, 22 yoshida amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter