Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atlantika okeanida Argos Georgia baliqchilar kemasi halokatga uchradi

Atlantika okeanida Argos Georgia baliqchilar kemasi halokatga uchradi

Foto: MercoPress

Atlantika okeanining janubida Argos Georgia baliqchilar kemasi cho‘kib ketdi.

Kema ekipaji 27 kishidan iborat bo‘lgan. Kamida 8 kishi halok bo‘lgan, 7 kishi bedarak yo‘qolgan. Kema Muqaddas Yelena, Vozneseniye hamda Tristan-da-Kunya orollari bayroqlari ostida suzayotgan bo‘lgan.

Halokat yuz bergan 22-iyul sanasida kema Folklend (Malvin) orollaridan sharqda, 200 dengiz mili olislikda bo‘lgan. Qutqarishga bir nechta kemalar va vertolyotlar jo‘natilgan, biroq kuchli shamol va dovul tufayli qidirish ishlari vaqtincha to‘xtatilgan.

23-iyul kuni qidirish yana davom etgan. Kema ekipajining 14 a’zosi qutqarilgan, halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan.

Kema bortida Ispaniya, Rossiya, Indoneziya, Peru, Urugvay fuqarolari bo‘lgan. Argos Georgia kemasi Argos Froyanes Ltd Britaniya-Norvegiya xususiy kompaniyasiga qarashli ekani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring