Saxalin yaqinida yuk kemasi halokatga uchradi
Rossiyaning Saxalin oroli yaqinida yuk kemasi halokatga uchradi.
Saxalin viloyati gubernatori Valeriy Limarenko bayonot berishicha, «Grigoriy Lovsov» kemasi shag‘al va qum tashiyotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ortiqcha yuklanish sababli kema ag‘darilib ketgan.
Kema bortida ekipajning yetti a’zosi bo‘lgan. Ularning ikki nafari halok bo‘lgan, bir nafari qutqarilgan, bedarak yo‘qolgan to‘rt kishi qidirilmoqda, deb xabar berdi TASS.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter