Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kasallikdan vafot etgan kuyovi uchun 70 yoshli qaynоta rekord o‘rnatdi

Kasallikdan vafot etgan kuyovi uchun 70 yoshli qaynоta rekord o‘rnatdi

Foto: «News.sky.com»

Demensiya tadqiqotlariga mablag‘ to‘plash maqsadida 70 yoshli britaniyalik Frenk Rotvell Atlantika okeanini qayiqda suzib o‘tdi. Bu bilan u okeanni yolg‘iz o‘zi suzib o‘tgan eng keksa odam sifatida jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rotvell o‘zining safarini 2020-yil 12-dekabrda Kanar orollaridan boshlagan va 56 kun 2 soat 46 soniyadan so‘ng 6 yanvar kuni Karib dengizidagi Antigua oroliga yetib borgan. Safar davomida u 3 ming mil masofani bosib o‘tdi.

Rotvell 62 yoshida kasallikdan vafot etgan kuyoviga hurmat bajo keltirib Alsgeymer tadqiqotlari uchun 648 ming funt sterling to‘pladi.

70 yoshli britaniyalikning aytishicha, marra chizig‘ini kesib o‘tayotganda rosa xursand bo‘lgan.

«Atlantika bo‘ylab suzish olti hafta davom etdi. Ammo bu 18 oylik mashg‘ulot va tayyorgarlikni talab qildi. Shu bois men amalga oshirgan va aql bovar qilmaydigan sayohatimdan juda faxrlanaman», — dedi Rotvell.

«Iceland Foods» xayriya jamg‘armasi 500 ming funt sterling miqdoridagi birinchi xayriyani ikki baravar oshirishga va’da berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring