Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroning yetti tarixiy obidasi ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buxoroning yetti tarixiy obidasi ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi

Foto: «Silkadv.com»

Madaniyat vazirligi, Madaniy meros agentligi va Buxoro viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Islom olamining ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO)ning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritish maqsadida Buxorodagi 7 ta madaniy meros ob’yektlarning tegishli nomzodnoma hujjatlari tayyorlanib Islom Olami Merosi Qo‘mitasiga taqdim etilgan edi.

2021-yil 29-iyun kuni Islom Olami Merosi Qo‘mitasining to‘qqizinchi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Buxoro 2020-yilda «Islom olami madaniyati poytaxti» deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari ko‘rib chiqilib, Buxorodagi 7 ta: Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poi-Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari ICESCOning Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan majlisda shuningdek, Iordaniya (1 ta), Eron (5 ta), Bangladesh (3 ta), Jazoir (1), Iroq (5 ta), Falastin (7 ta), Qatar (3 ta), Kamerun (1 ta), Liviya (16 ta), Misr (3 ta), Marokash (6 ta) davlatlarida joylashgan obidalar ham Islom Olami Merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, kelajakda ushbu madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish, ularni o‘rganish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish bo‘yicha ICESCO va Islom Olami Merosi Qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishib olindi, deb yozadi Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring