Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yong‘in sodir bo‘ldi. Sabablari aniqlanmoqda (foto)

Buxoroda yong‘in sodir bo‘ldi. Sabablari aniqlanmoqda (foto)

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Buxoroda sodir bo‘lgan yong‘inda savdo majmuasining 250 kv.m. maydoni yonib ketgan.

Bugun, 7 yanvar kuni soat 05:20 da G‘ijduvon tumani, «Degrezon» mahallasi, Degrezon ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan. Soat 05:23 da voqea joyiga yetib borib, hudud soat 05:45 gacha qurshab olingan. Va yong‘in soat 07:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyev xabar e’lon qilinayotgan vaqtda, G‘ijduvonda sodir bo‘lgan yong‘in holati bartaraf etilgach, yonib ketgan hudud 400 metr kvadrat maydondan iborat ekanini bildirdi.

"Kuchli yong‘in oqibatlarini bartaraf etish jarayonida birlamchi holatga, 250 metr kvadrat maydon, deya taxmin qilingan edi. Biroq, changli va burqsigan tutun, ustiga-ustak olovning balandligi yong‘in zabt etayotgan maydon hududini aniqlashda halal bergan",-dedi Mirjon Fayzulloyev.

Ayni damda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ekspertiza vakillari hududda yong‘in oqibatlarini o‘rganmoqda.


    

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring