Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yirik loyiha amalga oshiriladi: tafsilotlar

Buxoroda yirik loyiha amalga oshiriladi: tafsilotlar

«Masdar» (BAA) kompaniyasi loyiha direktori Filipp Torres Buxoro viloyatining Olot tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini qurish maqsadi bilan keldi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat hokimligi vakili Jahongir G‘aybullayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Flipp Torres viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Botir Ahmedov bilan uchrashgan.  U «Masdar»  kompaniyasi tomonidan Olot tumanida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish loyihasi amalga oshirilishi boshlangani ikki tomonlama manfaatli hamkorlikning amaliy ifodasi ekanini bildirgan.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish jarayoni, qurilishning navbatdagi bosqichi doirasidagi ishlarga tayyorgarlikning borishi, shuningdek, Olot tumani va unga tutash hududlar bo‘ylab yuqori voltli liniyalarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar to‘liq ko‘rib chiqilgan.

«Olotdagi loyiha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga uning toza energiya va iqlim o‘zgarishi borasidagi maqsadlariga erishish bo‘yicha ko‘rsatilgan yordam borasida salmoqli natijalarga erishganimizdan dalolatdir. Kommunal korxonalar uchun shamol energetikasini rivojlantirish sohasida dunyodagi yetakchi davlat sifatida O‘zbekistonning past uglerodli energetika sohasidagi strategiyasini qo‘llab-quvvatlash va barqaror taraqqiyotni ta’minlash uchun hukumat bilan hamkorlikning mustahkamlayotganidan mamnunmiz. Qadim Buxoro bilan sheriklik aloqalarni oshiramiz», — deydi Flip Torres.

Botir Ahmedov Flip Torresni Buxoroda investorlar uchun yaratilgan barcha imtiyozlardan foydalangan holda quyosh, shamol va gidro-energetika loyihalarni amalga oshirish maqsadida muqobil energetika hamda zamonaviy mehmonxonalar qurish kabi daromadli sohalarda investitsion hamkorlikka chaqirgan. Chekka Olot tumanida quvvati 250 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishi xorijiy investorlarga biznesni amalga oshirish uchun keng yo‘l ham ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida: Qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan shug‘ullanuvchi «Masdar»  kompaniyasi qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, barqarorlik bilan bog‘liq global muammolarni hal qilish uchun shaharning barqaror taraqqiyoti va toza texnologiyalarni ilgari suradi. «Masdar» Abu Dabi hukumatining strategik investitsiyaviy kompaniyasi «Mubadala Investment Company» tarkibiga kiradi. Mazkur kompaniyaning loyihalari kelajak avlodlar uchun nafaqat iqtisodiyot, balki energiya manbalarining diversifikatsiyasini ta’minlagan holda BAAning dunyo energetika sektoridagi yetakchiligini saqlab turishga yordam beradi. Bugungi kunda «Masdar» 30 dan ortiq mamlakatda, jumladan BAA, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Mavritaniya, Misr, Marokash, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Ispaniya, Serbiya, Hindiston, Indoneziya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring