Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘zgaga qasddan OITS yuqtirgan shaxs aniqlandi

Buxoroda o‘zgaga qasddan OITS yuqtirgan shaxs aniqlandi

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida o‘zgaga qasddan OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxs fosh etildi. Bu haqda Buxoro IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shofirkon tumani «Iskogare» mahallasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan T.Sh ismli shaxs, 2018 yilda viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgani aniqlangan.

Shundan so‘ng u O‘zbekiston Respublikasining «OIV to‘g‘risida»gi qonuni bilan tanishtirilib, o‘zining OIV statusini bilgan holda OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, tilxat olingan.

Biroq bu shaxs o‘zi OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2022 yilning 23 fevral kunidan, 2023 yilning iyun oyiga qadar o‘zi bilan birga qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan 1978 yilda tug‘ilgan T.N. ga OIV infeksiyasini yuqtirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan T.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu shaxsning yana necha nafar fuqarolarga ushbu kasallikni yuqtirgani yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirgani bo‘yicha tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring