Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda OITS yuqtirgan erkak aniqlandi

Buxoroda OITS yuqtirgan erkak aniqlandi

Buxoroda OITS xastaligini qasddan boshqa ayolga yuqtirgan erkak aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahrilik 48 yoshli Q.N. 2009 yil 24 fevral kuni OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida OITSga qarshi kurashish markazida ro‘yxatga olingan. U 22 yildan uzoq vaqtdan buyon shu markaz muolajalaridan foydalanib kelgan.

Q. N.  agar o‘zidagi xastalikni qasddan boshqaga yuqtirganda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida rasman ogohlantirib kelingan va tilxat olingan.

Shunga qaramasdan, betartib jinsiy hayot kechirib, o‘zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, boshqa ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan.

«2020 yilning yoz oylaridan hozirgi kunga qadar shu erkak bilan yaqin munosabatlarga kirishib kelganman. Muolajalar olib kelayotgani, markazda ro‘yxatda turgani haqida bildirmagan. Judayam qattiq pushaymonman», — degan vaqt o‘tib  OITS xastaligini yuqtirganini bilgan ayol dastlabki surishtiruv davomida.

O‘zida OIV infeksiyasi borligini oldindan bilgan holda ushbu kasallikni boshqa shaxslarni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan erkak esa o‘z hatti-harakatlaridan pushaymonlik bildirmagan. Va o‘zining hayotini ham bundan bir necha yil ilgari shunga o‘xshagan ayol barbod qilganini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Ushbu shaxsning boshqa ayollar bilan ham yaqin munosabatga kirishgani yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda. Aytish joizki,  rosog‘lom turmush tarzi va tartibsiz jinsiy munosabatlarga kirishish - butun jamiyat uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqaradi. Va natijada OITS kasalligining avj olishiga sabab bo‘ladi.  Holat yuzazidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», — dedi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Avvalroq o‘zidagi OITS xastaligini 20 dan ortiq erkakka yuqtirgan ayol haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring