Buxoroda «Nexia-2» yo‘l chetida ketayotgan bolalarni urib yubordi. Ulardan biri mashina ostida qolgan
Mudhish hodisa kecha, 23-noyabr kuni soat 16:30 larda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hududidan o‘tuvchi 4R-76 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan 15-maktab yaqinida sodir bo‘lgan.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi Z.M. «Nexia-2» rusumli avtomobilda tezlikni me’yoridan oshirib harakatlanayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan velosipedni yetalab o‘tayotgan fuqaroning velosipedini urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib, piyodalar yo‘lakchasida ketayotgan ikki nafar bolani urib yuborib, avtomobil ag‘darilgan.
YTH natijasida piyodalardan biri, 2013-yilda tug‘ilgan U.U. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter