Buxoroda haydovchi «UAZ»ga 40 nafar odam ortgani aniqlandi
Buxoro viloyati Olot tumanida 15-avgust kuni odam tashish qoidalarini buzgan haydovchilar aniqlandi.
Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «UAZ» rusumli yuk avtomobili haydovchisi fermer xo‘jaligining 40 nafar ishchisini manziliga eltib qo‘yish uchun ulardan 5000 so‘mdan yig‘ib olgan.
Shuningdek, «UAZ kombi» rusumli o‘rindiqlari olib tashlangan avtomobilda ham 25 nafar yo‘lovchi olib ketilayotgani aniqlangan.
Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tayinlangan, deyiladi IIB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter