Buxoroda giyohvandlik vositalarini ekib yetishtirish bilan bog‘liq 4 ta holat aniqlandi
«Qoradori-2023» keng ko‘lamli tezkor tadbirlari davomida Buxoroda 1 kunda 4 ta holatda giyohvandlik vositalarini ekib yetishtirish bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi. Bu haqda Buxoro IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro shahar IIO FMB xodimlari tomonidan, Buxoro shahri hududida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, X. Nosiriy ko‘chasida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan K.N. yashash uyi hovlisidagi gulzorda 4 tup «Kannabis» giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarish qilinayotganligi;
ikkinchi holat: Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning «Oyto‘g‘di» mahallasida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan t.O.ning yashash hovlisi ko‘zdan kechirilganida tomorqa yerida 66 tup «Ko‘knor» o‘simliklarini qonunga xilof ravishda ekib yetishtirayotganligi;
uchinchi holat: Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning «Qavola Mahmud» mahallasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan A.X. ning yashash xonadoni tomorqa yerida 16 tup “ko‘knor” o‘simligini ekib parvarishlayotganligi;
to‘rtinchi holat: Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning «Shifokor» mahallasida istiqomat qiluvchi, 1972 yilda tug‘ilgan S.T.ning hovlisi ko‘zdan kechirilganda, tomorqa yerida 6 tup «Kannabis» giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur to‘rttala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter