Buxoroda 70 yoshli ayol o‘g‘lining o‘limi uchun kelinidan qasd oldi
Buxoro viloyatining Kogon tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, shu yilning 5 may kuni kogonlik S.Z. (1950-yilda tug‘ilgan, ayol) hali qirqqa kirib ulgurmagan kelinining boshiga temir jism bilan qasddan uradi. Yetkazilgan jarohat natijasida kelin voqea joyida vafot etadi.
Achinarlisi, ikki oy muqaddam marhumaning turmush o‘rtog‘i o‘z joniga qasd qilgandi. O‘g‘lining o‘limida kelinini ayblab kelgan qaynona buning uchun qasd olishni diliga tugadi. Shum niyati esa fojiaga olib keldi. Ikki nafar nabirasi g‘irt yetimga aylandi.
Ayni paytda S.Z. tegishli tartibda ushlangan. Dastlabki so‘roqdayoq aybiga iqror bo‘lgan.
Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter