Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 31 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Buxoroda 31 kishi koronavirusdan sog‘aydi

Buxoro viloyatidan bir yo‘la 31 nafar bemorning to‘liq sog‘ayib chiqdi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Shifo topganlarning 26 nafari Rossiyadan, 4 esa Turkiyadan charter reyslar orqali Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 1 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ulardan 27 nafari erkak, 4 nafari ayol. Bemorlarning 6 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Samarqand viloyatidan, 4 nafardan Andijon, Toshkent va Buxoro viloyatlaridan, 2 nafardan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan, 1 nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlaridan. Ular orasida eng yoshi kattasi 69 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar 83 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 114 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 486 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring