Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga Isayev Mirjon Zamirovich rahbar tayinlandi.

Mirjon Isayev 1983-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini (magistratura) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida, sud tizimida, Prezident Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring