Buxoro shahar prokurori «o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozgani» aytildi. Biroq...
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganiga oid xabar tarqaldi.
Holatga oydinlik kiritish uchun «Xabar.uz» yuborgan so‘rovga Bosh prokuratura matbuot xizmati «...ayni paytda mahkamaga hech qanday ariza kelib tushmagan, shu bois tarqalgan xabarlarni tasdiqlovchi asos yo‘q», deya javob berdi.
Jasur Fozilov o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlaganidan so‘ng ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilishi ortidan tilga tushgandi. Ma’lum vaqt o‘tib, uning murojaatini Respublika idoralararo komissiyasi o‘rganishni boshladi.
Xizmat tekshiruvi poyoniga yetguncha vaqtincha vazifasidan chetlatilgan prokuror yakunda lavozimiga qaytdi. Shu barobarida «hayfsan» intizomiy jazosiga tortildi ham.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter