Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahar hokimligi xodimi ushlandi

Buxoro shahar hokimligi xodimi ushlandi

U kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilgan.

Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahar hokimligi bo‘limi boshlig‘i pora olishda ayblanib, ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

U Buxoro shahar hokimligi tassarufidagi, kam ta’minlangan oilalar yotoqxonasidan ikki xonali uy ajratirib berish evaziga 1200 AQSh dollari pora berishni talab qilib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring