Buxoro hokimi 10-sinf o‘quvchilariga dars o‘tdi

Buxoro viloyatida 568 ta davlat umumiy o‘rta ta’lim hamda xususiy maktablar bo‘lib, viloyat rahbari o‘ndan ortiq maktablarning “Mustaqillik darsi”da qatnashishga va bir maktabda 10-sinf o‘quvchilariga dars o‘tishga ulgurdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga viloyat hokimi matbuot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev ma’lum qildi.
Buxorodagi 568 ta maktablarda 330 mingdan ortiq o‘quvchilar tahsil olib, ularga 29 mingga yaqin pedagoglar ta’lim bermoqda. Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash doirasida joriy o‘quv yili uchun 8 ta sport zal, 2 ta oshxona qurilgan. 16 ta maktab laboratoriya xonalari jihozlangan, 13 ta maktabda kapital qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilgan.
«Tashabbusli budjet» loyihasi doirasida 124 ta maktabga 100 milliard so‘m yo‘naltirildi, 5 ming 232 jamlanma zamonaviy kompyuterlar, barcha maktablarga 5 turdagi sport va 7 turdagi musiqa jihozlari olindi. Maktablarda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun mahalliy budjetdan 135 milliard so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan ikki baravar ko‘p mablag‘lar yo‘naltirildi. Barchasi siz uchun, sizning kelajagingiz uchun. O‘qish, izlanishdan tolmasangiz, sizni ilm olishingiz uchun lozim bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratamiz»,-dedi viloyat rahbari Botir Zaripov «Birinchi qo‘ng‘iroq» jarayonlarida ishtirok etar ekan.
Viloyat rahbari barcha, 69 nafar bitiruvchisi ham oliy ta’limga o‘qishga kirgan Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘ldi. Ushbu maktab o‘quvchilari tomonidan o‘tgan o‘quv yilining o‘zida Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 27 ta sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan. 400 nafar bitiruvchisi muddatidan avval oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan edi.
Shuningdek, Buxoro tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lgan viloyat rahbari “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida ishtirok etib, sovrinli o‘rinni egallagan maktabni qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirladi.
U 1-sinfga qabul qilinayotgan o‘quvchilarni birma-bir quchib, ko‘tarar ekan, ta’lim dargohlarining 10-sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi”ni o‘tdi. Unda ilm-fanyo‘lida mardona kurash olib borib, jonini fido qilgan ma’rifatparvar ajdodlar hayoti va faoliyati haqida so‘z yuritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter