Burundi: to‘ydan qaytayotgan yuk mashinasi daryoga qulab, 16 kishi halok bo‘ldi
Burundi janubida yuk mashinasining daryoga qulashi oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lumotlariga tayanib «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, shanba kuni kechasi to‘y marosimidan odamlarni olib qaytayotgan yuk mashinasi Makamba provinsiyasida yog‘och ko‘prikdan o‘tib ketishga uringan. Biroq qurilma yuk mashinasining og‘irligini ko‘tarolmay, sinib ketgan. Natijada transport vositasi daryoga qulagan.
Ta’kidlanishicha, mashina haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.
Ma’lumot o‘rnida: Burundi Sharqiy Afrikada joylashgan bo‘lib, shimolda Ruanda, g‘arbda Kongo, sharq va janubi-sharqda Tanzaniya bilan chegaradosh. Dengiz chiqish yo‘li yo‘q. Faqat janubi-g‘arbda Tanganika ko‘li joylashgan. Maydoni — 27 830 km². Aholisi — 11 865 821. (2020). Poytaxti Gitega (2019-yildan). Eng katta shahri: Bujumbura.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter