Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Burundi qamoqxonasida juda ko‘p mahbus yonib ketdi

Burundi qamoqxonasida juda ko‘p mahbus yonib ketdi

Foto: «SOS MEDIAS BURUNDI via REUTERS»

7-dekabr kuni ertalab Burundi poytaxti Gitega shahridagi qamoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda seshanba kuni mamlakat vitse-prezidenti Prosper Bazombanzaga tayanib, AFP ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida yana 69 kishi og‘ir tan jarohati olgan. Rasmiylarga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyi oxirida qamoqxonada 1539 nafar mahbus bo‘lgan. Bir qancha guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in gavjum qamoqxonaning bir qismini butunlay vayron qilgan, deb yozadi REGNUM.

Yong‘inni o‘chirish uchun yettita o‘t o‘chirish mashinasi va bir nechta tez yordam mashinalari jalb qilingan. Politsiya va harbiylar qamoqxonaga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ygan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, deb xabar beradi kp.ru sayti.

Eslatib o‘tamiz, 8-sentyabr kuni Indoneziyaning Banten provinsiyasi Tangerang shahridagi qamoqxonadagi yong‘in oqibatida 40 ga yaqin odam halok bo‘lgan edi. Jabrlanganlar ham bor, ular shifoxonaga yotqizilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring