Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga Toshkentdan uy berilgani inkor qilindi
Kuni kecha turk aktyori Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga Toshkentdan xonadon berilgani haqida xabar berilgan edi.
«Bizning uylar» kompaniyasi «Instagram»dagi sahifasida mazkur xabar yuzasidan bayonot berdi.
«Ommaviy axborot vositalarida «Bizning Uylar Development» brendimizning reklama yuzi bo‘lgan Burak O‘zchivitning yangi tug‘ilgan chaqalog‘iga kompaniyamiz tomonidan xonadon berilganligi haqida tarqalgan mish-mishlar haqiqatga mos kelmaydi.
Burak O‘zchivit sovg‘a olish uchun hech qanday talab qo‘ymagan va Kompaniyamizda bunday turdagi sovg‘a berish masalalari muhokama qilinmagan.
Biz fursatdan foydalanib, O‘zchivit, uning turmush o‘rtog‘i va yangi tug‘ilgan farzandiga oilaviy farovonlik, sog‘lik va ko‘p yillar baxtli hayot kechirishini tilaymiz!» deyiladi bayonotda.
Ammo turk matbuotida bu xabar inkor qilinmagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter