Bugungi ilk xushxabar Andijondan bo‘ldi
![Bugungi ilk xushxabar Andijondan bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/9/720_460_95_2900839466.jpg)
Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘aygan 4 nafar bemor bilan bugungi xushxabarlarimizni boshlaymiz, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.
Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning barchasi Andijon viloyatidan. Ulardan 1 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so‘nggi tekshiruvlar ularda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan to‘liq tuzalib chiqqanlar 51nafarga yetdi. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 454 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter