Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun respublika shimolida harorat -5 darajagacha soviydi

Bugun respublika shimolida harorat -5 darajagacha soviydi

Bugun O‘zbekistonning aksariyat hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylariga tuman tushadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -3 daraja sovuq 2 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -1 daraja sovuq 1 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9 daraja sovuq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring