Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi

Bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi

Gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratiladi. Ta’kidlanishicha, bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi. Unga ko‘ra, 2023-yilda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi. Shuningdek, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xom-ashyo bo‘yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi.

Bugun imzolangan yana bir muhim qaror bilan zargar tadbirkorlarga xom ashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilmoqda.

Bu orqali ushbu tarmoqlarda 2,6 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirib, qo‘shimcha 4,5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring