
Yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda gap bordi.

Zargarlarning xomashyo bilan bog‘liq birorta muammosi bo‘lmasligi kerak — Prezident
Xorijiy tajriba asosida Yakkasaroy tumani, Andijon va Xivada ishlab chiqaruvchilarga ham, investorlarga ham jozibador zargarlik markazlari ochildi.

Oltin sohasida «xufiyona» iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi
Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020-yilda 40 kilogramm oltin topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu 100 karra kamaygan.

O‘zbekiston zargarlik sanoati yangi bosqich sari: «Uzbek Jewellery Fair – 2025» xalqaro ko‘rgazmasi ochildi
Bugun poytaxtimizda «Uzbek Jewellery Fair – 2025» xalqaro ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz hamda dunyoning qator davlatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, sohaning yetakchi mutaxassislari va tadbirkorlar ishtirok etmoqda.

Buxoro aeroportida zargarlik buyumlarini olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi
«Buxoro aeroporti» chegara bojxona posti va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlarining o‘zaro hamkorligida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqishga urinish bartaraf etildi.

Ayrim korxonalarga oltindan suvenir tangalar tayyorlash va sotish huquqi berilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bugun, 24 dekabr kuni zargarlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga a’zo bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga soliqdan imtiyoz berishmoqchi
Oliy majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.

«O‘zmilliybank» AJ zargarlik sohasini rivojlantirish borasida Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan bir qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Ularga muvofiq «O‘zmilliybank» AJning «NBU Invest Group» AJ kompaniyasi tomonidan Turkiyaning «Pala Golden Jewellery» kompaniyasi bilan Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.

Tayyor zargarlik buyumlarini import qilishda bojxona boji kamaytiriladi
2027 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

O‘zbekistonda zargarlar uchun imtiyozlar kengaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimot qilindi.