«O‘zmilliybank» AJ zargarlik sohasini rivojlantirish borasida Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan ilg‘or xorijiy tajriba asosida respublikada zargarlik sanoatini rivojlantirish yuzasidan bir qator Farmon va Qarorlar qabul qilindi. Ularga muvofiq «O‘zmilliybank» AJning «NBU Invest Group» AJ kompaniyasi tomonidan Turkiyaning «Pala Golden Jewellery» kompaniyasi bilan Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolandi.
Tayyor zargarlik buyumlarini import qilishda bojxona boji kamaytiriladi
2027 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.
O‘zbekistonda zargarlar uchun imtiyozlar kengaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tayyor mahsulotlar eksportini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimot qilindi.
Prezident zargarlik korxonasiga bordi (foto)
Shavkat Mirziyoyev 25 mart kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Farg‘onada turklar bilan hamkorlikda zargarlik zavodi ochiladi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning mahalliy tadbirkor Ulug‘bek Abdurahimov hamda uning turkiyalik hamkorlari Ali Uyanik va Jezmi Shen bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Farg‘onada tashkil etishga kirishilayotgan zargarlik zavodi loyihasi muhokama qilindi.
Endi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan O‘zbekistondan olib chiqish mumkin
Bungacha qiymati 5 ming dollardan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgandi. Ammo buning uchun yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish majburiy edi.
zargarlik sanoati milliy iqtisodiyotimizning «oltin» drayveriga aylanib bormoqda
Yaqingacha O‘zbekiston dunyoning eng yirik oltin zaxiralariga ega sanoqli davlatlaridan biri sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, bugun jahon bozorining qimmatbaho stendlarida milliy zargarlik brendlarimiz munosib joy egallab bormoqda. Soha rivojiga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tibor natijasini iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari ham tasdiqlaydi.
Bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi
2023-yilda to‘qimachilik loyihalariga qo‘shimcha 300 million dollar yo‘naltiriladi.
zargarlik buyumlarini elektron savdo orqali sotishga ruxsat berilmoqda
«Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4998-son, 22.02.2021-y.) qabul qilindi.
Oyiga 500 kg tayyor tilla mahsulot: «Fonon» zargarlik zavodiga press-tur uyushtirildi (foto)
Bugun, 29-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Fonon» zargarlik zavodiga press-tur uyushtirildi.
Prezident Chilonzorda yangi ochilgan zargarlik korxonasi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 8-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda zargarlikni chinakam sanoat darajasiga olib chiqish vazifasini qo‘ygan edi.
zargarlik bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi
Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
2019-yil 1-iyuldan tilla zargarlik buyumlarini chakana sotganlik uchun yig‘im undiriladi
Dastur doirasida, Toshkent shahrida Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji negizida yiliga 200 kg oltin, 1 ming 200 kg kumushdan zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan klaster tashkil etiladi.
Zargarlarga «Navoiy KMK» DK va «Olmaliq KMK» AJdan 5 gramm va undan ortiq bo‘lgan granulalarni sotib olish huquqi berildi
O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF–5721, 18.05.2019-y.) qabul qilindi.
O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasiga rais tayinlandi
«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 2020-yilgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovidan ozod qilingan.
zargarlik sanoatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi
Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.