Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro aeroportida zargarlik buyumlarini olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

Buxoro aeroportida zargarlik buyumlarini olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh qilindi

«Buxoro aeroporti» chegara bojxona posti va Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlarining o‘zaro hamkorligida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda xorijga olib chiqishga urinish bartaraf etildi.

Tafsilotlarda aytilishicha, «Buxoro – Sankt-Peterburg» yo‘nalishidagi aviaqatnov orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro umumiy qiymati 165 million so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmagan.

Natijada, olib chiqish me’yoridan ortiqcha bo‘lgan jami 37 dona, og‘irligi 226,04 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari hamda tarixiy ahamiyatga ega 16 dona ko‘krak nishonlari va tangalar aniqlanib, ashyo dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring