Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ham ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin

Bugun ham ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.

Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring