Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Bu yil to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Foto: Xabar.uz

2022/2023 o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi. 

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

Talabalarni ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir yillik o‘qitish qiymatlari miqdorlari quyidagicha:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring