Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu ofat tufayli telekommunikatsiya tizimida ham muammolar yuzaga keldi

Bu ofat tufayli telekommunikatsiya tizimida ham muammolar yuzaga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joriy yilning 27 aprel kuni respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari ayrim hududlarida kuchli shamol bo‘lib, ob-havo keskin yomonlashuvi natijasida telekommunikatsiya tarmoqlarida mobil aloqa baza stansiyalari va antenna-machta inshootlarining shikastlanishi kabi holatlar qayd etildi, deb xabar berdi AKT vazirligi axborot xizmati.

Ayniqsa, Buxoro viloyatining bir qator tumanlarida tabiiy ofatdan telekommunikatsiya tarmoqlarida sezilarli darajada talafotlar yetkazildi.

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu xududlardagi telekommunikatsiya tarmoqlarida tabiiy ofat oqibatlarini qisqa muddatlarda bartaraf etilishi tashkil etish hamda barqaror aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini qayta tiklash uchun soha korxonalari hamda mobil aloqa operatorlarning zaxira kuchlarini hududlarga safarbar etdi.

Ayni vaqtda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu davrda foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishida to‘xtalishlar va uzilishlar kuzatiladi, – deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev bugun zudlik bilan Buxoro viloyatiga yetib bordi va vertolyotda Qorako‘l hamda Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring