Britaniyada jasadlar yetishmasligidan shikoyat qilindi
Buyuk Britaniyada tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash uchun jasadlar yetishmayapti. Bu haqda Brayton va Sasseks tibbiyot maktabining anatomiya kafedrasi mudiri, professor Kler Smit ma’lum qildi, deb yozadi The Times.
Professorning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Brayton va Sasseks tibbiyot maktabi 37 donorning jasadlaridan foydalangan holda 650 ga yaqin jarrohni tayyorlagan bo‘lsa, joriy o‘quv yilida 25 ta tanadan ta’lim uchun foydalanilgan, ammo bu yetarli emas.
«Bizda tananing ma’lum sohalarida tadqiqotlar o‘tkazish uchun donorlar yetishmayapti», deydi Smit.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ilgari shifokorlar London Anatomiya idorasidan yoki Nottingem omboridan jasadlarni ololmaganlarida, ular inson a’zolari savdosi sohasidagi qonunchilik va tartibga solish unchalik qattiq bo‘lmagan Qo‘shma Shtatlarga murojaat qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter