Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya G‘azo sektoridagi qirg‘indan hayratda, biroq...

Britaniya G‘azo sektoridagi qirg‘indan hayratda, biroq...

Buyuk Britaniya Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, ammo G‘azo sektoridagi qon to‘kilishidan hayratda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak ma’lum qildi.

Sunak o‘z nutqida urush boshlanganidan olti oy o‘tib G‘azodagi vaziyat tinch aholi uchun yomonlashishda davom etayotganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ochlik, umidsizlik va o‘lim ko‘lami dahshatli.

Sunak G‘azodagi qon to‘kilishidan hayratda ekanligini, shuning uchun mojaro tez orada tugashi kerakligini aytadi. Biroq u «biz Isroilning Hamas tahdididan o‘zini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash huquqini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz» deya qo‘shimcha qilgan.

Siyosatchi Hamas tomonidan garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish va anklavga yordam yetkazish yo‘llarini ochishga chaqirgan. Uning fikricha, bunday harakatlar insonparvarlik muhitini yaratishga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring