Braziliya prezidenti vazirlar bilan birga samolyotdan sakrashga qaror qildi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru parashyut bilan sakrashni ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Bu haqda u «Facebook»dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
«Desant qo‘shinida xizmat qilgan paytlarimni bir eslamoqchiman», — deya tan oldi 65 yoshli davlat rahbari. U «jamoaviy ruhni mustahkamlash uchun» harbiy ma’lumotga ega bo‘lgan bir qancha vazirlarni unga qo‘shilishni taklif etgan.
«Timbilding» odamlarni ishdan qoldirmaslik uchun yanvar-fevral oylarining dam olish kunlaridan birida o‘tkaziladi. Bolsonaru sakrash uchun samolyot ham tanlab qo‘ydi — bu Braziliyaning Embraer samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasining KS-390 harbiy transporti hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter