Boysunda noqonuniy ekstremistik oqimga a’zolikda ayblanganlar qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati IIB va DXX xodimlari hamkorligida, joriy yilning 8 iyun kuni Boysun tumani hududida, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Jihodchilar» ekstremistik oqimga a’zolikda ayblanayotganlar qo‘lga olindi.
Jumladan, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash manzillarida tintuv va olib qo‘yish tergov o‘tkazilishi natijasida, ularning ayrimlari o‘zlarining uyali aloqa vositalari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a’zolari mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasiga borib, u yerda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalarga yollovchi g‘oyalari ta’siriga tushib, oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelganligi, yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida «Jihodchilar» ekstremistik oqimning yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da’vat qilish ishlarini olib borib, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda, aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter