Bosh vazir lavozimiga nomzod ko‘rib chiqiladi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirilgandi. Shuningdek, amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter