Boysunda fermer qariyb 1 milliard so‘m kreditni «yeb yubordi»
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, «B.T» fermer xo‘jaligi rahbari R.B. xo‘jalikka naslli chorva mollari sotib olish uchun bank muassasasidan ajratilgan 900 mln so‘m kredit mablag‘ini belgilangan maqsadlarda sarflamasdan naqdlashtirish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter