Boysun bahori. Qimmatbaho gilamlarimizga Afg‘oniston xaridor (foto)
Shu kunlarda Surxondaryoda Boysun bahori festivali o‘tmoqda. Festival doirasida mehmonlar shuningdek Boysun shahridagi hunarmandlar markazi uyi faoliyati bilan ham tanishtirildi.
Markaz 2016 yilda YuNESKO tomonidan qurilib, Boysun xalqiga topshirilgan. Hozir bu yerda hunarmandlar o‘z mahsulotlarini tayyorlashmoqda va savdoga chiqarmoqda. Ularning eng qimmatbaho moli esa - Surxon gilami.
Bu gilamni qizlar roppa-rosa ikki oy davomida tayyorlashadi. Har bir tugunga ularning ko‘z nuri va mehnati ketadi. Narxi ham shunga yarasha - bir necha ming AQSh dollariga qadar borishi mumkin. Gilamning asosiy xaridori esa - Afg‘oniston. Yana ham aniqroq aytsak, yuz foiz qo‘l mehnati evaziga tayyorlanadigan bu gilamga butun dunyodan qiziqish bor. Afsuski, afsonaviy gilamning tayyorini suratga olishning imkoni bo‘lmadi. Xaridorgir bo‘lgani bois tayyor bo‘lgani hamono sotilib ketadi.
Hunarmandlar uyi rahbari Hanifa Salimovaning aytishicha, bu yerga Boysun qizlari ko‘p kelishadi. Hunar o‘rganishadi va hayotda o‘z o‘rnilarini topib ketishadi. Keyin esa boshqalar keladi. «Shu tarzda bir necha avlodni tarbiyaladik», – deydi Hanifa opa. U markaz ochilgandan buyon shu yerda faoliyat yuritib keladi.
Boysun hunarmandlar uyi festivalda ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter