Boshqirdistonda bir oila besh bola bilan yong‘inda halok bo‘ldi
![Boshqirdistonda bir oila besh bola bilan yong‘inda halok bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4125014480.jpg)
Sterlitamak tumanidagi xonadonda chiqqan yong‘inda bir oila besh farzandi bilan halok bo‘ldi. Bu haqda Boshqirdiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Matveyevka qishlog‘idagi ikki xonadonli uyda 18 noyabrga o‘tar kechasi yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida qutqaruvchilar bir erkak, bir ayol va besh nafar o‘g‘il bolaning jasadini topdi. Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oilada yetti nafar bola bo‘lgan, ulardan ikki nafari tirik qolgan.
Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, yong‘inda halok bo‘lgan ko‘p bolali oila ahil yashagan va boqib olingan bolalarni ham tarbiyalagan.
Yong‘in sabablari rasman ma’lum qilinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter