Boshqa viloyatdagi yaqin qarindoshning dafn marosimiga borish mumkinmi?
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida mutasaddi dafn marosimi va kasallarni davolash muassasalariga olib borish haqidagi savollarga javob berdi.
— Agar boshqa viloyatda yashaydigan yaqin qarindoshlarning, masalan ota-onasining dafn marosimiga borish zarur bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
— Afsuski, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘rnatilgan cheklov barchaga istisnosiz taalluqli bo‘lib, boshqa viloyatda bo‘lgan yaqin qarindoshlaringizning dafn marosimida qatnasholmaysiz.
— Tibbiyot muassasasidan uyiga javob berilgan fuqaroni bir viloyatdan boshqa viloyatga olib o‘tish qanday bo‘ladi?
— Agar siz og‘ir kasal bo‘lgan fuqaroni, masalan Toshkent shahridan o‘zining doimiy yashaydigan boshqa viloyatga olib bormoqchi bo‘lsangiz, uning xaqiqatan o‘sha viloyatda ro‘yxatda turganligini isbotlovchi pasporti va sog‘liqni saqlash xodimlarining tegishli xulosasi asosida postlardan olib o‘tishingiz va uyiga eltib qo‘yishingiz mumkin.
Kasalni uyiga olib borgan fuqaro karantin cheklovlari tugamaguncha ortga qayta olmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter