Rim papasining dafn marosimida O‘zbekiston vakili – Sodiq Safoyev ishtirok etdi

Rim papasi Fransiskning dafn marosimi joriy yil 26-aprel kuni Vatikanning Avliyo Pyotr maydonida bo‘lib o‘tdi.
Dafn marosimida O‘zbekiston tomonidan rasmiy vakil sifatida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham qatnashdi.
Dafn marosimida jahonning ko‘plab mamlakatlari rahbarlari, qirollik oilalarining a’zolari va taniqli din arboblari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Rim papasi Fransisk 21 aprel kuni 88 yoshida Vatikandagi qarorgohida vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Rim-katolik cherkovi Kamerlengosi Kardinal Kevin Farrellga hamdardlik yo‘llagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter