Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshog‘riq sayyohlar» — Yaponiya o‘z muvaffaqiyati qurboniga aylandi

«Boshog‘riq sayyohlar» — Yaponiya o‘z muvaffaqiyati qurboniga aylandi

Foto: The New York Times

Yaponiya hukumati mamlakatga sayyohlarning ommaviy oqimini cheklash uchun turli choralarga qo‘l urishga majbur bo‘lmoqda, deb yozdi El Pais nashri.

«Kunchiqar yurt o‘z muvaffaqiyati qurboniga aylandi», — deyiladi maqolada.

Yaponiya 2023-yilda turistlar sonini sakkiz baravar — 3 milliondan 25 millionga oshira oldi. 2024 yilning dekabriga borib mamlakatga keluvchi sayyohlar soni 33 millionga yetishi va 2019-yil rekordi (32 mln) yangilanishi kutilmoqda. O‘tgan yili turizm Yaponiya iqtisodiyotiga 5,3 mln iyena yoki 31,4 mln yevro daromad keltirdi.

Biroq yapon kompaniyalarining yarmidan ko‘pida xodimlar yetishmaydi, oqibatda yopilib ketayotgan korxonalar soni keskin oshdi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalar — xizmatlar sektori va transport.

Shu boisdan mahalliy miqyosda turistlar oqimini cheklovchi choralar ko‘rilmoqda. Masalan, Tokioning eng diqqatga sazovor Sibuye tumanida sayyohlarning shovqini va tartibbuzarliklari sababli tungi dam olish cheklandi. Bundan tashqari, xorijlik sayyohlarning Okinava prefekturasidagi olis orollarga ko‘p kelayotganidan tashvishga tushgan mahalliy hukumat vakillari kirish solig‘ini joriy qilishdi.

Avvalroq Yaponiya ramzlaridan biri — Fudzi tog‘iga keluvchilari uchun cheklov qo‘yilgandi. Toqqa chiqish to‘lov qilinadi, qolaversa, kunlik sayyohlar soni chegaralanadi. Cheklovga sayyohlarning o‘ta ko‘p tashrifi oqibatida chiqindilar ko‘payib ketgani sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring