Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir «qaynota-qaynonani hurmat qilmaydigan kelinlar»dan gap ochdi

Bosh vazir «qaynota-qaynonani hurmat qilmaydigan kelinlar»dan gap ochdi

Qirg‘izistonda milliy an’analarga to‘g‘ri kelmaydigan axborot tarqatish uchun cheklov joriy etilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi hay’ati yig‘ilishida gapirdi.

Milliy qadriyatlarga ziyon keltiruvchi axborotlarni tanqid qilgan bosh vazir ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy munosabatlar qanday yoritilayotganiga e’tibor qaratgan.

«Qaynota va qaynonasining izzatini joyiga qo‘ymaydigan kelinlar bor. Ular ijtimoiy tarmoqlarda o‘z otasining obro‘-e’tibori bilan maqtanadi, boshqa uyga kelib, kelinlik majburiyatlarini bajarish, boybicha bo‘lib yurish o‘rniga ajrashib ketadi. Bu holat bizga namuna bo‘lishi mumkin emas. Ijtimoiy tarmoqlarda bunday chiqishlar qilishdan uyalish kerak. Otalarimiz o‘rgatgan: qaynotalarga shortikda yurishi noravo, ayni choqda, kelinlar ham ro‘molini yechmasligi zarur. Madaniyat vazirligi barini to‘g‘ri o‘zanga solishi,  monitoring o‘tkazishi zarur», – degan O.Japarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring