Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh shifokor o‘z xizmat xonasida ushlandi

Bosh shifokor o‘z xizmat xonasida ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh shifokori qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, u mazkur tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli avtomashinalar turar joyidan davlat sherikchiligi asosida pullik avtoturargoh tashkil etish uchun ushbu birlashmadagi tanishi orqali 20 sotix yer ajratilishida yordam berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 500 AQSh dollari va 10 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring