Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura poyezd urib yuborgan ayol yuzasidan ma’lumot berdi

Bosh prokuratura poyezd urib yuborgan ayol yuzasidan ma’lumot berdi

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining o‘zini poyezd tagiga tashlagani aks etgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

Idora matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 30-aprel kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashagan 1995-yilda tug‘ilgan ayol “Toshkent-Samarkand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan tezyurar yo‘lovchi poyezdi tagiga o‘zini tashlashi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tekshirish o‘tkazilib, sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring