Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘yicha bayonotini e’lon qildi

Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxo‘jayev bo‘yicha bayonotini e’lon qildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga oid mavzu tarmoqda hanuz muhokamalar markazida qolayotir. 

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham mazkur masala yuzasidan bayonot berdi. 

«Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019-yil 16-noyabr kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.

O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi» deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ilgariroq, AOKA, XDP, Jurnalistlar uyushmasi kabi tashkilotlar ham o‘z munosabatlarini bildirgan edilar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring