Bortida oliy rutbali amaldor bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi — Hindiston
Hindiston mudofaa shtabi boshlig‘i general Bipin Ravat uchayotgan vertolyot Tamilnadu shtatida qulab tushdi. Bu haqda The Times of Indiaga asoslanib Interfaks ma’lum qilmoqda.
To‘rt kishi halok bo‘lgan, uch nafar yaralangan yo‘lovchi qutqarilgan. Biroq mudofaa shtab boshlig‘ining ahvoli haqida hozircha ma’lumot keltirilmagan.
Vertolyot Sulur havo kuchlari stansiyasidan jo‘nab ketgan va Tamilnadu g‘arbidagi Vellingtondagi Qurolli kuchlar shtab-kvartirasi tomon yo‘l olgan.
Avvalroq Hindiston armiyasining mamlakat sharqida Nagalend shtatida o‘tkazgan maxsus operatsiyasi paytida 14 kishi, jumladan, 13 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter