Bo‘lka non narxi ayrim hududlarda 2500 so‘mgacha ko‘tarildi
Bugun, 6-noyabr kuni mamlakatimizda qolipli non narxi ayrim hududlarda 2500 so‘mgacha ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi respublikamizning ayrim viloyatlari va tumanlarida shu kunlarda qolipli nonning sotuvdagi narxini o‘rganishdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, narxlar quyidagicha:
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Oltinsoy, Sherobod, Sho‘rchi,Termiz tumanlarida hamda Termiz shahrida qolipli non 1500-2000 so‘mgacha, Denov, Qumqo‘rg‘on tumanida 1500 so‘mdan, Boysun tumanida 1500-1800 so‘mgacha, Sariosiyo tumanida 1600-2000 so‘mgacha, Uzun tumanida 1200-1800 so‘m narxlarda sotilayotgani kuzatilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuman va shaharlarida qolipli nonning narxlari quyidagicha baholanmoqda: Kegeyli, Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Shumanay, Amudaryo, Beruniy, Nukus tumanlarida 1500 so‘mdan, Nukus shahri, Qorao‘zak, Chimboy, To‘rtko‘l tumanlarida 1500-2000so‘mgacha, Taxtako‘pir, Qo‘ng‘irot tumanlarida 2000 so‘mdan, Ellikqal’a tumanida 1400-1500 so‘mgacha, Xo‘jayli tumanida 1500-2500 so‘mgacha sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2019- yil 15-oktyabrga qadar O‘zbekistonda qolipli non narxi 1100 so‘mdan sotilayotgan edi. Ushbu sanadan don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra don va un ochiq birjada sotila boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter