Bolalarni qanday holatlarda emlatmaslik lozim?
AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Bolada gripp va boshqa kasalliklarga emlatishdan keyin isitma chiqishi xavfli emasmi? Qaysi xollarda emlatish mumkin emas?
Bola yoshligida og‘ir kasalliklarga chalinmasligi uchun qator emlashlarni olishlari kerak. Emlash ba’zi holatlarda reaksiya berishi ham mumkin. Ammo u shifokorlar tomonidan to‘g‘ri amalga oshirilsa deyarli salbiy ta’sirlari bo‘lmaydi.
Emlashdan so‘ng bola tana harorati ko‘pi bilan 38.5 darajagacha ko‘tarilsa, bu normal reaksiya hisoblanadi. Bolaga ko‘p suyuqliq ichirish tavsiya etiladi. Zarur holatda isitma tushiruvchi sirop ichirish ham mumkin.
Emlashga bo‘ladigan reaksiya ko‘pi bilan 2 kun davom etishi kerak. Undan ortig‘i boshqa kasallik yoki allergik holat mavjudligidan dalolat berishi mumkin. Bunday hollarda shifokorga murojaat qilish talab etiladi.
Emlashdan so‘ng bolani kamida bir kun davomida cho‘miltirmaslik lozim.
Agar bolada oldin qaysidir emlashga qattiq reaksiya bo‘lgan bo‘lsa, shu turdagi emlashni olishdan oldin shifokorga bolada bo‘lib o‘tgan reaksiya haqida xabar berishingiz lozim.
Shuningdek:
- bolada isitma bilan bog‘liq bo‘lmagan tutqanoq holati, epilepsiya kasalligi bo‘lsa;
- bola kasal bo‘lib, isitmasi chiqayotgan bo‘lsa,
- bolaga yuborilishi zarur bo‘lgan qarshi vaksina kasalligi bilan kasallangan bo‘lsa,
- emlanishdan so‘ng bola boshqa mamlakatga ketayotgan bo‘lsa emlash ta’qiqlanadi.
Pandemiya davrida emlashda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish talab etiladi. Emlash jarayonida yana quyidagilarga amal qilishni tavsiya etaman:
- Odamlar to‘planishidan o‘zingizni xamda farzandingizni extiyot qilish maqsadida, shifokoringiz bilan telefon orkali vaqtini aniqlab oling;
- borganingizga boshka xonalarga yosh bolangiz bilan kirishdan saqlanishingiz uchun shifokordan anketangizni oldindan tayyorlab qo‘yishini iltimos qiling;
- uydan chiqayotganingizda sanitayzer, niqob va bir martalik qo‘lqop olishni unutmang;
- ko‘cha va poliklinikada yuzingiz va ko‘zingizga qo‘llaringiz bilan tegmang;
- bola uchun suv, ko‘rpacha va yoqimli o‘yinchog‘ini o‘zingiz bilan oling. Bular emlash jarayonidan keyin Sizga kerak bo‘ladi;
- uyga kelganizdan keyin qo‘llaringizni kamida 20 soniya davomida sovun bilan yuvishni esdan chiqarmang;
- emlanishdan so‘ng bolangizni sog‘lig‘ini bir necha kun davomida kuzatib turing va bezovtalik sezsangiz shifokorga murojaat qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter